» » Tramp tug‘ilajak nevarasining jinsini uning ota-onasidan avval ma’lum qildi

Tramp tug‘ilajak nevarasining jinsini uning ota-onasidan avval ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp tug‘ilajak nevarasining jinsini bolakayning ota-onasidan avval ma’lum qildi. Bu haqida “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Sentabrda AQSh davlat rahbarining o‘g‘li — Erik Tramp va uning rafiqasi Laraning birinchi farzandi dunyoga kelishi kutilmoqda.

Erik Trampning aytishicha, uning otasi bu yangilikdan shu qadar xursand bo‘lganki, mart oyidagi Neshvill shahridagi nutqidan oldin odamlar bilan to‘la xonada: “Bu o‘g‘il! Kutishga sabrim chidamayapti!”, — deya hayqirgan.

O‘sha vaqtda ota-ona bu yangilik haqida hali hech kimga ma’lum qilmagan edi. Natijada, Trampning so‘zlaridan so‘ng, ular “yangi mehmon” haqida Twitter’da xabar berdi.

Erik hamda Laraning so‘zlariga ko‘ra, ular yangilikning “ruxsatsiz oshkor etilganiga” e’tiroz bildirmagan, chunki Tramp yana bir nevara uchun xursand bo‘lishini bilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют