» » Tramp uning suhbatlarini tinglashgani haqidagi xabar manbasini aytdi

Tramp uning suhbatlarini tinglashgani haqidagi xabar manbasini aytdi


AQSh prezidenti Donald Tramp uning suhbatlari yashirincha tinglangani haqida OAVlar orqali xabar topganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Menimcha, bu haqda 20-yanvar kuni New York Times gazetasi yozgandi”, — dedi Tramp Fox News telekanalidagi intervyuda u yashirincha tinglangani haqida qayerdan bilib olgani to‘g‘risidagi savolga javoban.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda boshqa OAVlar ham xabar bergan. Tramp “ko‘p narsalarni ko‘rgani”ni aytdi.

“Men New York Times’ni soxta xabarlar tarqatuvchi deb atayman. Ammo bu gazeta ushbu vaziyat haqida ‘yashirincha tinglash’ iborasidan foydalanib yozdi”, — dedi Tramp.

AQSh prezidenti so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyat “potensial jihatdan juda xavfli” bo‘lishi mumkin.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют