» » Tramp Obamani telefonlarni noqonuniy eshitganlikda aybladi. Biroq gapiga hech qanday dalil-isbot keltirmadi

Tramp Obamani telefonlarni noqonuniy eshitganlikda aybladi. Biroq gapiga hech qanday dalil-isbot keltirmadi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning avvalgi rahbari Barak Obamani uning Nyu-Yorkdagi telefonini noqonuniy ravishda eshitib turganlikda aybladi. 4-mart kuni Tramp ketma-ket tvitlar yozib, Obamani “yangi Uotergeytni uyushtirganlikda” aybladi (Meduza’ning yozishicha, bunda gap AQSh prezidenti Richard Niksonning iste’fosi bilan yakuniga yetgan noqonuniy eshitish bilan bog‘liq mojaro haqida bormoqda).

“Dahshat! G‘alabam arafasida Obama Tramp minorasiga menga qarshi ‘qo‘ng‘iz’lar o‘rnatganini hozirgina bildim. Hech narsa topilmagan. Bu makkartizm!”, — deb yozdi Tramp tvitlarining birida.

“Muqaddas saylovlar jarayonida mening telefonlarimni eshitib turishga qaror qilgan bo‘lsa, prezident Obama qanchalik pastkashlik qilibdi-ya! Bu Nikson/Uotergeyt. Yomon (yoki kasal) odam!”, — deb yozdi Tramp boshqa bir tvitida.

The New York Times’ning qayd etishicha, Donald Tramp uning telefonlari haqiqatan ham eshitilgani yuzasidan hech qanday dalil-isbot taqdim etmagan. Prezidentning xodimlari ham uning ayblovlari nimaga asoslanganini tushuntirib bera olmagan.

CNN avvalgi prezident ma’muriyatidagi yuqori martabali mulozimga asoslanib, Trampning telefonlari eshitib borilmagani haqida xabar bermoqda. “Bunday bo‘lmagan. Bu noto‘g‘ri. Yolg‘on”, — dedi CNN manbasi.

The New York Times’ning taxminicha, Obamaga qarshi qaratilgan ayblovlar Tramp atrofidagi odamlarning Rossiya bilan aloqalari to‘g‘risidagi maqolalarga javob bo‘lishi mumkin. Telefonlar eshitilgani haqidagi tvitlar bilan bir qatorda Tramp Rossiya elchisi Sergey Kislyak Obama prezident bo‘lgan vaqtda Oq uyga 22 marta kelgani haqida ham yozgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют