» » Tramp AQShdagi antisemitizm to‘lqinini to‘xtatishga chaqirdi

Tramp AQShdagi antisemitizm to‘lqinini to‘xtatishga chaqirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida AQShdagi antisemitizm kayfiyatini qoraladi va mamlakat bo‘ylab yahudiy jamoat markazlariga bo‘layotgan tahdidlar to‘lqinini to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Men bularning bari juda yomon, juda dahshatli holat, deb hisoblayman. Bu antisemitizm bo‘ladimi yoki irqchilik — bizni ikkiga bo‘lish bilan bog‘liq har qanday jarayon — bari juda dahshatli”, — dedi AQSh prezidenti.

U yahudiy jamoat markazlariga bo‘layotgan hujumlar to‘lqini qayerdan kelayotgani haqida hozircha ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi va aybdorlar qo‘lga olinishiga umid bildirdi.

“Antisemitizm — bu jirkanch hodisa, u to‘xtatilishi lozim va to‘xtatiladi ham”, — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

NBC News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha kuni ichida bir qator yahudiy jamoat markazlariga ularning binosida bomba borligi haqidagi tahdidli xabarlar yuborilgan. Biroq hech bir holatda bu xabarlar tasdiqlanmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют