» » Avtomobilni bir kun ichida xarid qilish!

Avtomobilni bir kun ichida xarid qilish!


Avtomobilni xarid qilish uchun qancha vaqt kerak? Ayrimlar haftalab sotuv saytlarini ko‘rib chiqadi, boshqalar mehnat orqali erishilgan dam olish kunlarini mashina bozorlarida o‘tkazadi, uchinchilari esa rejali ravishda avtosalonlarni aylanib chiqadi. Hyundai Auto Asia kompaniyasi optimal yechimni – avtomobilni bir kun ichida dilerlik turargohidan xarid qilish taklifini berishga tayyor. Aynan shunday! Siz dunyodagi eng ko‘p sotiladigan avtomobillar beshtaligiga kiruvchi mashhur brendga tegishli mashinani bir kun ichida xarid qilishingiz mumkin.

Hyundai Auto Asia kompaniyasining sotuvlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yaroslav Pak avtomobilni qayerdan va qanday sotib olish mumkinligi haqida gapirib beradi.

Avtomobilni dilerlik markazidan xarid qilish qanday afzalliklarga ega?

Birinchidan, siz mutlaqo yangi avtomobilni kafolatlangan holda xarid qilasiz. Siz rangini, jihozlanish turini va to‘lov shaklini tanlashingiz mumkin. Sizga barchasini ko‘rsatishadi, gapirib berishadi va mashinani amalda sinab ko‘rish (test-drayv) imkoniyatini berishadi. “Temir ot”ni butun oilasi bilan tanlaydigan xaridorlar uchun bolalar maydonchasi, va albatta choy hamda kofe taklifi ham nazarda tutilgan. Biz xarid har tomonlama qulay bo‘lishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz.

Ikkinchidan, Hyundai Auto Asia kompaniyasida xarid qilingan barcha avtomobillarga 3 yilga yoki 100 000 km masofa bosishga kafolat beriladi. Bizning servis markazlarimizda faqat maxsus ta’lim olgan ustalargina avtomobillarga xizmat ko‘rsatib, ular faqat asl sarflanuvchi materiallar va ehtiyot qismlar bilan ishlaydi. Kafolatsiz tartibda biz nafaqat bizning dilerlik markazimizda xarid qilingan, balki Hyundai brendiga tegishli barcha avtomobillarga, shuningdek boshqa rusumli avtomobillarga ham xizmat ko‘rsatishga tayyormiz .

Uchinchidan, juda qulay ish tartibi. Biz xaridorlarga 09:00 dan 20:00 gacha tanaffuslarsiz va dam olish kunlarisiz xizmat ko‘rsatishga tayyormiz.

Va albatta xarid paytida siz bir yo‘la qo‘shimcha jihozlar va uskunalarni, masalan, qo‘riqlash xizmati, dvigatel kartori va radiator himoyasini, ostonalar, diflektorlar, gilamchalar, to‘shamalar va boshqalarni ham xarid qilishingiz mumkin.

Dilerlik turargohi nimalarga boy?

Dekabrning so‘nggi kunlaridayoq markazimizga Accent va Creta rusumli avtomobillar yetkazib berildi. Modellar sakkiz xil rang va uch xil jihozlanish turiga ega. Aynan ushbu modellarga yuqori talab mavjudligini e’tirof etmoqchiman. Ular har tomonlama shinam, tejamkor va foydalanish uchun qulay. Qadrlovchilar uchun shuni aytishim mumkinki, hozircha sotuvda “ROCK edition” cheklangan seriyada ishlab chiqarilgan Sreta modeli mavjud.

Bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari Hyundai Auto Asia kompaniyasi avtosalonida xarid qilinayotgan avtomobil qiymatiga kiradimi?

Albatta kiradi. Narxnomalardagi barcha narxlar bojxonada rasmiylashtirish xarajatlarini hisobga olgan holda ko‘rsatilgan. Mutaxassislarimiz tomonidan dolzarb narxlarga ega juda batafsil, tushunarli va qulay narxnomalar ishlab chiqilgan. Biz avtomobilning barcha tavsifnomalari va jihozlanish imkoniyatlarini ko‘rsatamiz.

Xaridni rasmiylashtirishga qancha vaqt sarflanadi?

Agar xaridor dilerlik turargohda tanlangan avtomobil qiymatini bir yo‘la to‘lashga tayyor bo‘lsa, rasmiylashtirish atigi 1 ish kuni ichida amalga oshiriladi, biz ushbu vaqtni ham imkon qadar ko‘proq qisqartirish ustida ish olib boryapmiz. Agar ushbu xarid lizing asosida amalga oshirilsa, lizing kompaniyasi tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish hisobiga ko‘proq vaqt sarflanadi. Bugungi kunda biz o‘z xaridorlarimizga tanlash uchun bu kabi kompaniyalarning bir nechtasini taklif qilishga tayyormiz. Ularning nisbatan past foiz stavkasiga egaligini ta’kidlamoqchiman.

Hyundai avtomobillarining xususiyatlari nimada?

Zamonaviylik, zero kompaniyaning nomi aynan shunday ma’noni anglatadi. Dizaynerlar va muhandislar brend avtomobillari doim jahon avtobozorining yetakchilari qatorida turishi uchun butun o‘z bilimlari va iqtidorlarini ishga soladi. Va albatta, kompaniyaning eng asosiy qadriyatlaridan biri – xavfsizlik! Hyundai avtomobillarida haydovchi va yo‘lovchilarning xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi funksiyalarni olib tashlash mumkin emas.

2020-yilda qaysi modellarni olib kelish rejalashtirilmoqda?

Kompaniya rasmiy distribyutor bo‘lganligi sababli, Hyundai Auto Asia dilerlik markazlarida mintaqamiz sharoitlariga mos keluvchi Hyundai rusumida ishlab chiqarilayotgan barcha yangi modellar sotiladi, ularga Sonata sakkizinchi avlod, New Palisade, Santa Fe avtomobillari va boshqalar kiradi.

Dilerlik tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilganmi?

Albatta ha, bir yil ichida biz ikkita dilerlik markazini ochdik, yaqin istiqbolda Toshkentda yana kamida ikkita markazni ochish va mintaqaviy tarmoqni kengaytirish niyatidamiz. Hyundai sifati, shinamligi, xavfsizligi va servisidan Buxoro, Samarqand, Namangan va Farg‘ona aholisi ham bahramand bo‘lishi mumkin.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют