» » Chevrolet Spark 2017-yil yanvar-fevral oyi bo‘yicha dunyoning eng ommabop shahar avtomobillari Top-10 ro‘yxatiga kirdi

Chevrolet Spark 2017-yil yanvar-fevral oyi bo‘yicha dunyoning eng ommabop shahar avtomobillari Top-10 ro‘yxatiga kirdi


Focus2move tahliliy agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, global reja bo‘yicha ushbu yil yanvar-fevral oyida shahar avtomobillari segmentiga bo‘lgan talab 3,6 foizga ortgan, deb xabar qilmoqda UzAuto.

Dunyodagi eng ommabop shahar avtomobili nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni hind avtomobil ishlab chiqaruvchisi Maruti kompaniyasining Alto ixcham modeli qo‘lga kiritdi. Mahalliy bozorda ixcham “to‘rt eshikli” avtomobil eng yaxshisi hisoblanadi. Ushbu yilning ikki oyi davomida dunyo bozoriga Alto modelidan 43165 dona sotilgan va albatta sotilgan mashinaning aksariyat qismi Hindiston hisobiga to‘g‘ri keladi.

Yuqoridagi reytingda ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarni italyanlarning Fiat Panda va Fiat 500 markalari egalladi. Italiyada ixcham avtomobillarga talab yuqori. 2017-yilning ikki oyi davomida Fiat Panda 38150 dona, Fiat 500 modeli esa 32865 dona sotilgan.

Chevrolet Spark avtomobil markasi esa jahon bo‘yicha 30946 dona sotilib, reytingda 5 pog‘onani egalladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют