» » Eronda Ukrainaning “Boing” samolyoti quladi. Uning bortida 180 kishi bo‘lgan

Eronda Ukrainaning “Boing” samolyoti quladi. Uning bortida 180 kishi bo‘lgan


“Ukraina xalqaro avialiniyalari” (MAU)ning Boeing 737 samolyoti Tehrondagi Imom Xumayniy aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay quladi. Bu haqda Eronning ISNA va Shehab agentliklari xabar berdi.

OAVda paydo bo‘lgan ilk ma’lumotlarda samolyot bortida 180 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgani aytilgan edi. Keyinroq aeroport vakili “RIA Novosti” agentligiga samolyotda 167 nafar yo‘lovchi bo‘lganini ma’lum qildi.

Flightradar24 servisi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot joylashuvi haqidagi so‘nggi ma’lumot u Tehron yaqinidagi Parand shahri ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda olingan. MAU saytida Tehrondan Kiyevga uchgan PS752 reysi mahalliy vaqt bilan 5:15 da (Toshkent vaqti bilan 6:45 da) uchib ketgani ko‘rsatilgan.

We are following reports that a Ukrainian 737-800 has crashed shortly after takeoff from Tehran. #PS752 departed Tehran at 02:42UTC. Last ADS-B data received at 02:44UTC. https://t.co/qXWHUPGDTu pic.twitter.com/vuAi6TOqTp

— Flightradar24 (@flightradar24) January 8, 2020

“RIA Novosti” Eronning Tasnim agentligiga asoslanib xabar berishicha, samolyot “texnik muammolar” sabab qulagan. Aviahalokat haqidagi ma’lumotni Tehron aeroporti rahbari tasdiqlagan.

Aviahalokat qurbonlari haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

First photos emerge from site of plane crash near Tehran; there are no indications of survivors - Tasmin pic.twitter.com/LOuyhza0Yj

— BNO News (@BNONews) January 8, 2020

Ma’lumot uchun, Eron 8-yanvarga o‘tar kechasi Iroqdagi AQSh harbiy bazalariga raketa zarbalari bergan edi. Erondan uchirilgan 15 ta raketaning 11 tasi belgilangan nishonga yetib borgan.

Mavzuga doir: Eron AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari berdi

Shundan so‘ng AQSh Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi Amerika aviakompaniyalari samolyotlariga Eron, Iroq va Fors ko‘rfazi ustidan uchib o‘tishni taqiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют