» » OCh—2020. Tailand musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi, Avstraliya Iroqni yuta olmadi

OCh—2020. Tailand musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi, Avstraliya Iroqni yuta olmadi


Tailandda 8-yanvar, chorshanba kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo Chempionati start oldi. Birinchi kunda A guruhi vakillari o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi.

Dastlab Iroq va Avstraliya olimpiya terma jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. 62-daqiqada Reno Piskopo avstraliyaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 77-daqiqada Muhammad Qosim muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Guruhning ikkinchi o‘yini mezbon Tailand hamda Bahrayn o‘rtasida kechdi. Maydon egalari safida Suphanat Muenta va Yaroensak Vongorn dubl qayd etdi, yana bir golga Supachok Sarachat muallif bo‘ldi.

Shu tariqa musobaqaning dastlabki kungi o‘yinlari ortda qoldi. 9-yanvar, payshanba kuni B va C guruhlarida 1-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Xususan, O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi bahs yuritadi.

U23 Osiyo Chempionati—2022

1-tur bahslari

8-yanvar, chorshanba

Gollar: 0:1 — 62 Piskopo, 1:1 — 77 Qosim

Gollar: 1:0 — 12 Muenta, 2:0 — 47 Sarachat, 3:0 — 79 Muenta, 4:0 — 90 Vongorn, 5:0 — 90+2 Vongorn.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют