» » MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlandi

MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlandi


2017-yil 6-7-aprel kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishga Rossiya tomoni raislik qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV xabar berdi.

Yig‘ilishda Armaniston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan, Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov, O‘zbekistin Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Moldova Respublikasi Tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri o‘rinbosari Lilian Dariy, Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi.

Delegatsiyalar rahbarlari tashkilot faoliyatining turli yo‘nalishlaridagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy masalalardagi uning roli va o‘rnini ko‘tarishni muhokama qildi.

Tadbirda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish hamda MDH ishtirokchi-davlatlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Kun tartibiga ko‘ra MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan 15 ta hujjatni ko‘rib chiqildi. Ulardan 9 tasi Hamdo‘stlikning Davlat rahbarlari kengashi va may oyida bo‘lib o‘tadigan Hukumat rahbarlari kengashiga muhokama uchun kiritiladi.

Hujjatlar Hamdo‘stlik mamlakatlarining tashqi siyosat, huquqiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi masalalarini qamrab oladi.

TIV rahbarlari kvotalar taqsimoti, Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotib o‘rinbosarlarini va MDH bosh qarorgohidagi boshqa mansabdor shaxslarni kvota asosidagi amallarga tayinlash va almashtirish to‘g‘risidagi MDH Ijroiya qo‘mitasining axborotini tingladilar.

Davlat rahbarlari kengashida ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan MDH ishtirokchi davlatlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligi Konsepsiyasi hamda jinoiy ishlarning moddiy dalillari bo‘lgan narkotik va psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini, o‘qotar qurollar, ularning asosiy qismlari, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni topshirish tartibi to‘g‘risidagi Bayonnoma loyihalari ma’qullandi.

2018-yilda “Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti” Davlatlararo dasturini amalga oshirish, MDH mamlakatlarining qurolli kuchlari metrolog mutaxassislarini hamda moliyaviy tergov organlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ayrim ta’lim va akademik muassalariga asosiy tashkilot maqomini berish masalalari muhokama qilindi.

MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2017-yilning 10-oktabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (7-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют