» » Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi


6-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK)ning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun MDH davlatlari delegatsiyalari Toshkentga yetib keldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov, Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov, Moldova tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri o‘rinbosari Lilian Dariy, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi delegatsiyalar Toshkentga yetib kelgan.

7-aprel kuni ochiladigan MDH TIVK yig‘ilishida ishtirokchi davlatlarning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek barqaror rivojlanishni ta’minlashda ko‘p tomonlama hamkorligiga oid 15 ta masala muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют