» » Toshkent viloyatida yangi qurilayotgan omborxona yonib ketdi

Toshkent viloyatida yangi qurilayotgan omborxona yonib ketdi


8-yanvar kuni soat 16:10 da Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida joylashgan “Izza Bobur” oilaviy korxonasiga qarashli yangi qurilayotgan omborxona binosida yong‘in bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joyiga 6 ta yong‘inni o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Omborxonaga eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismi 15 kilometr uzoqlikda bo‘lgani sabab birinchi bo‘linma chaqirilgan manzilga soat 16:26 da yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 16:40 da o‘rab olingan va soat 17:05 da o‘chirilgan.

Alangada qolgan binoning 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Ammo omborxona binosining 190 kvadrat metr maydonida sintepon qurilish mahsuloti va tom qismi yonib ketgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra yong‘in sintepon qurilish mahsulotini bir-biriga fen yordamida ulanishida ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan. Tan jarohati va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют