» » Xorazmda uyida yong‘in chiqqan 85 yoshli fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Xorazmda uyida yong‘in chiqqan 85 yoshli fuqaroning hayoti saqlab qolindi


23-avgust kuni soat 16:53 da Xorazm viloyati Urganch shahri Kamolot ko‘chasi 6-yo‘lak 34-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 16:59 da yetib borib, yong‘in soat 17:05 da qurshab olingan va soat 17:15 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in joyidan uy egasi 1934-yilda tug‘ilgan fuqaro R.M. qutqarilgan va yong‘indan uyning 600 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida uyning 20 kvadrat metr maydonda shift qismi va ichki jihozlari yonib zararlangan. Uydagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab yong‘in yuzaga kelgan deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют