» » Chilonzorda 4-qavatda joylashgan xonadonda yong‘in chiqdi. Qutqaruvchilar uy egasining hayotini saqlab qoldi

Chilonzorda 4-qavatda joylashgan xonadonda yong‘in chiqdi. Qutqaruvchilar uy egasining hayotini saqlab qoldi


24-avgust kuni soat 13:05 da Toshkent shahri Chilonzor tumani “Do‘mbrabod” mahallasi Novza Qozirobod ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 9-uyning 4-qavatidagi 11-xonadonda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan, deb xabar beradi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.

Voqea joyiga zudlikda 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari va 1 ta avtonarvon yuborilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 13:15 da yetib borib, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 13:30 da o‘chirilgan. Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan 1971-yilda tug‘ilgan xonadon egasi fuqaro D.K. qutqarilgan hamda uyning 30 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida uyning 3 kvadrat metr maydonida ichki jihozlari yongan. Yong‘inni taxminiy sababi sigareta chekishda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 1) ( 56) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...