» » Farg‘onada fuqaroning uyi yonib ketdi. Yong‘in oqibatida uning onasi halok bo‘ldi

Farg‘onada fuqaroning uyi yonib ketdi. Yong‘in oqibatida uning onasi halok bo‘ldi


15-avgust kuni soat 11:30 da Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar Sholdirama MFY Muqimiy ko‘chasida joylashgan 29-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan, deb xabar beradi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 11:34 da yetib borib, soat 11:39 da yong‘in qurshab olingan va soat 12:45 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in haqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida, yong‘inning maydoni kengayib ketgani ma’lum bo‘lgan. Alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan.

Yong‘in oqibatida uyning 200 kvadrat metr maydonda tomi, ichki qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Achinarlisi yong‘inni bartaraf etish vaqtida uy egasining onasi 2-guruh nogironi 1958-yilda tug‘ilgan fuqaro M.Tning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют