» » Zolushkaning hayotdagi prototipi. Oddiy oiladan chiqib shahzoda qalbini zabt etgan Keyt Middlton 38 yoshda (fotomaqola)

Zolushkaning hayotdagi prototipi. Oddiy oiladan chiqib shahzoda qalbini zabt etgan Keyt Middlton 38 yoshda (fotomaqola)


Bugun, 9-yanvarda Kembrij gersoginyasi, shahzoda Uilyam rafiqasi Keyt Middlton 38 yoshga to‘ldi. Keyt 1982-yil Angliyaning Berkshir grafligida dunyoga kelgan. Kamtarligi, o‘zini tutishidan tortib kiyinishigacha e’tirofga sazovor oddiy qiz qanday qilib qirollik oilasiga kelib qolgan? Quyida ushbu savollarga javob beramiz.

Keyt oddiy oilaning farzandi bo‘lishiga qaramay ota-onasi farzand tarbiyasi, ta’limi uchun pulni ayamagan. Bo‘lajak malika eng yaxshi kollej va universitetda ta’lim olgan, sayohat qilgan. Malboro kollejidagi o‘quvchilik yillarida a’lo ko‘rsatkichlarni qayd etgan, shuningdek, hokkey, tennis va yengil atletika bilan shug‘ullangan. O‘qishdan yillik ta’til olib ko‘p sayohat qilgan, Italiya bilan almashinuv dasturi hamda Chilidagi xayriya dasturlarida ishtirok etgan. Uning biografiyasiga nazar tashlansa, yoshligidanoq xayriya ishlarida faol bo‘lganiga guvoh bo‘lish mumkin.

2001-yilda Keyt Sent-Endryuss universiteti talabasi bo‘lgan va aynan o‘sha universitetda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishgan. Bakalavr diplomini san’at tarixi bo‘yicha qo‘lga kiritgan. Avvaliga ushbu fanga Uilyam va Keyt birgalikda qatnashgan, keyinchalik esa shahzoda yo‘nalishini geografiyaga o‘zgartirgan. Uilyam 1-kursdan keyin o‘qishni tashlamoqchi bo‘lgan, lekin Keyt uni bu fikridan qaytarishga ko‘ndirgan.

O‘qishni tamomlab Party Pieces firmasida marketolog sifatida faoliyat boshlagan, keyinchalik Jigsaw firmasida ishlagan. Keyt professional fotograf bo‘lishni istagan, mashhur ingliz fotograflaridan dars olishni ham rejalashtirgan. U olgan suratlari bilan hatto bir qancha funt sterling to‘plagani ham sir emas.

Talabalik yillarida Uilyam yuragini zabt etish uchun qizlar o‘rtasida raqobat bo‘lgan. Uilyam ingliz adabiyoti fakultetidagi qizlar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan, lekin xayriya fondi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kulrang ko‘zli bryunetni ko‘rib, eski munosabatlarga nuqta qo‘ygan. Shundan keyin ikki yosh doim birga bo‘lgan, ta’tillarni ham birga o‘tkazgan. Bu vaqtda ingliz matbuoti shokka tushgan. Axir mavjud qarashlar bo‘yicha taxt vorisi aristokrat oilasidan bo‘lgan, qirol oilasi ma’qullagan inson emas, oddiy oilaning farzandi bilan jiddiy munosabatda bo‘lishi mumkin emasdi. Bu vaqtda qirolicha Yelizavetta nimalarni his qilgani faqat o‘ziga ayon. Jurnal va gazetalardagi yangiliklar hammani hayron qoldirgan, ommaviy axborot vositalari uni “Zolushka” ertagi qahramoniga qiyoslagan. Hammani bir savol qiynardi: shahzodani oshiq qiladigan boshqa qizlarda yo‘q qanday xususiyat bor bu qizda? Javobni esa har kim o‘zicha talqin qilgan.

Keytning qirollik oilasi bilan birga rasmiy uchrashuvlardagi ishtiroki yanada ko‘p savollar keltirib chiqargan. Malika qanday kiyinishi, o‘zini tutishi kerakligi o‘rgatiladigan hech qanday kurslarda ta’lim olmagan qizning manyerasidan hech qanday ayb topa olishmagan. Aksincha uni hamma yaxshi ko‘ra boshladi va unga nisbatan moda ikonasi, “Ingliz atirguli” deb ta’rif  berildi. Ayniqsa, kiyinish uslubidagi o‘ziga xoslik barchani e’tiborini torta boshlagan. Uning kiyimlariga asosiy urg‘uni retro uslubidagi yoki zamonaviy yorqin shlyapalari berardi. Keyt asosan John Boyd, Lock&Co, Philip Treacy hamda Jane Taylor brendlarini tanlaydi. Uning muayyan tadbirdan fotolari tarqashi bilan libos va ustki kiyimlar nafaqat Angliya, balki butun dunyoda urfga kira boshlagan, soch turmaklaridan go‘zallik salonlari va byuti-bloger ilhomlangan. Londonda eng yuksak did bilan kiyinadiganlar haqida so‘rov o‘tkazilganda u birinchi o‘rinni egallagan.

Ikki yosh 2011-yil 29-yilda Londonda turmush qurdi. U Britaniya qirollik oilasidagi eng yoshi katta bo‘lib turmushga chiqqan kelin bo‘ldi, ya’ni o‘sha vaqtda uning yoshi 29 da bo‘lgan. Hozir Keyt va Uilyamning 3 nafar farzandi bor. 2013-yilning 22-iyunida ingliz taxti vorisining yangi vorisi — Georg, 2015-yilda malika Sharlotta, 2018-yil 23-aprelda esa shahzoda Lui dunyoga kelgan.

Mavzuga doir: 

Avvaliga uni malika sifatida qabul qila olmagan ommaviy axborot vositalari keyinchalik o‘zini samimiy tutishi, insonlar dini, qarashlari va an’analariga hurmatini ko‘rib tan bera boshladi. Xususan, quyidagi fotoda Uilyam va Keyt Pokistondagi tashrifi doirasida “Badshahi” masjidiga tashrifi aks etgan. Malika masjidga oyoq kiyimlarini yechib kirgan. Ushbu surat ijtimoiy tarmoqqa joylanishi bilan ko‘plab ijobiy munosabat va izohlar bildirilgan, hatto uni “Aladdin” multfilmidagi malika Jasminga ham o‘xshatishgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют