» » OCh—2020. Janubiy Koreya 93-daqiqada gol urib Xitoyni yengdi, Yaponiya musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

OCh—2020. Janubiy Koreya 93-daqiqada gol urib Xitoyni yengdi, Yaponiya musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi


Tailandda bo‘lib o‘tayotgan U23 Osiyo chempionatining 9-yanvar, payshanba kungi o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.

O‘zbekiston olimpiyachilari bilan bir guruhdan o‘rin olgan Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari o‘zaro bahsga kirishdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi va janubiy koreyaliklar ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda darvozani ishg‘ol qilib, g‘alabani ilib ketdi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin Janubiy Koreya C guruhi peshqadamiga aylandi. Uning ortidan O‘zbekiston va Eron jamoalari bormoqda. O‘zbekiston olimpiyachilari keyingi o‘yinni 12-yanvar kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Mavzuga doir: OCh—2020. O‘zbekiston olimpiya termasi Eronni yuta olmadi (video)

Shuningdek, B guruhida ham 1-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Qatar olimpiya terma jamoasi Suriya bilan o‘ynadi. Uchrashuvda jangovar durang qayd etildi. Dastlab qatarliklar birinchi bo‘limda ikkita gol urgan holda oldinga o‘tib olgandi, bunga suriyaliklar tanaffusga qadar bitta gol bilan javob qaytardi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqt yakunlanayotan bir vaqtda Suriya mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Yaponiya olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan bahs yuritdi. Dastlab 48-daqiqada saudiyaliklar Ayman al-Xulayfning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. 56-daqiqada Ryotaro Meshino hisobni tenglashtirdi. 88-daqiqada Abdulrahmon G‘arib penaltini golga aylantirgan holda arablarga g‘alabani taqdim etdi.

U23 OCh—2020

1-tur bahslari

9-yanvar, payshanba

B guruhi

Gollar: 1:0 — 1 Yusuf Abdurizoq, 2:0 — 22, avtogol Yusuf Muhammad, 2:1 — 31 Rahmon Barokat, 2:2 — 90+4 Ahmad Yosin

Gollar: 0:1 — 48 Ayman al-Xulayf, 1:1 — 56 Ryotaro Meshino, 1:2 — 88, penalti Abdulrahmon G‘arib

C guruhi

Gollar: 1:0 — 40 Qobilov, 1:1 — 57 Dehqoniy

Gol: 1:0 — 90+3 Li Don Jun



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют