» » Bosh prokuratura G‘allaorolda is gazidan zaharlanib halok bo‘lgan oila bo‘yicha ma’lumot berdi

Bosh prokuratura G‘allaorolda is gazidan zaharlanib halok bo‘lgan oila bo‘yicha ma’lumot berdi


Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 9-yanvar kuni is gazidan zaharlanish oqibatida 4 kishidan iborat oilaning barcha a’zosi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat bo‘yicha “Daryo”ga ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 9-yanvar kuni G‘allaorol tumani Ko‘kgumbaz QFY Qorong‘ul qishlog‘i 183-uyga chaqiruv asosida borilgan. Aniqlanishicha, shu manzilda yashagan fuqarolar, 1987-yilda tug‘ilgan D.Sh. va uning tafiqasi, 1989-yilda tug‘ilgan N.Sh. hamda ularning ikki nafar 2014 va 2017-yilda tug‘ilgan farzandlari uyning xonasida is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkentda ayol ikki yoshli farzandi bilan, Farg‘onada esa ikki yoshli go‘dak va uning uch yoshli opasi is gazidan zaharlanib vafot etgan edi.

Mavzuga doir: Is gazidan zaharlanish holatida qanday choralar ko‘rish kerak?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют