» » Zelenskiy Eronda qulagan Ukraina samolyoti urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

Zelenskiy Eronda qulagan Ukraina samolyoti urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi


Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Ukraina xalqaro avialiniyalari” samolyoti Eronda urib tushirilgani haqidagi taxminlar inkor etilmayotgani, ammo hozircha o‘z isbotini topmagani”ni bildirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“OAVlarda davlat rahbarlarining so‘nggi bayonotlarini hisobga olgan holda barcha xalqaro sheriklarni, birinchi navbatda, AQSh, Kanada va Buyuk Britaniya hukumatlarini halokatga oid ma’lumot va dalillarni tergov komissiyasiga taqdim etishga chaqiramiz”, — deb yozgan Zelenskiy o‘zining Facebook’ida.

“Maqsadimiz — so‘zsiz haqiqatni aniqlashdir”, — deb ta’kidlagan Ukraina prezidenti.

Mavzuga doir: Eron Ukraina samolyotining raketa bilan urib tushirilgani haqidagi ma’lumotni “psixologik urush” deb hisoblaydi

Ukrainaning Boeing 737 samolyoti 8-yanvar kuni Tehron yaqinida qulashi oqibatida 176 kishi — 82 nafar eronlik, 63 nafar kanadalik, 11 nafar ukrain, 10 nafar shved, 4 nafar afg‘on, 3 nafar nemis va 3 nafar britaniyalik halok bo‘lgan edi.

Amerika OAV, jumladan, CNN manbalari samolyotning qulashiga raketa uchirishdagi xato ham sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan. Iordaniyaning “Al-Hadath” nashri samolyot tasodifan Eron raketasi bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin, deb yozgandi. Eron hukumati esa dvigateldagi alangalanish halokatga sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Keyinroq Kanada bosh vaziri Ukraina samolyotini Eron raketasi urib tushirganini ma’lum qilgan. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham kanadalik hamkasbining fikrini qo‘llab-quvvatlab chiqdi — uning aytishicha, Britaniyada samolyot Eron raketasi bilan urib tushirilganini tasdiqlovchi dalillar bor.

Mavzuga doir: Video: Eronda Ukraina samolyotiga berilgan ehtimoliy raketa zarbasi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют