» » Kanada bosh vaziri Ukraina samolyotini Eron raketasi urib tushirganini ma’lum qildi

Kanada bosh vaziri Ukraina samolyotini Eron raketasi urib tushirganini ma’lum qildi


Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning Kanada razvedkasi ma’lumotlariga asoslanib ma’lum qilishicha, “Ukraina xalqaro avialiniyalari” (MAU)ning Tehron yaqinidagi halokatga uchragan samolyoti Eronning “yer—havo” tasnifidagi raketasi tomonidan urib tushirilgan.

“Ehtimol, bu qasddan qilinmagandir”, — deya Tryudoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda CNN. Kanada bosh vaziri voqea aynan qanday yuz berganini aniqlash maqsadida izchil tergov olib borishga chaqirdi.

Canadian PM Justin Trudeau addresses Tehran plane crash, saying, "evidence indicates that the plane was shot down by an Iranian surface-to-air missile" and stresses need for a "thorough investigation."

"Canadians have questions and they deserve answers." https://t.co/vCy4XBXcjH pic.twitter.com/I0HyTsp4Wt

— ABC News (@ABC) January 9, 2020

Keyinroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham kanadalik hamkasbining fikrini qo‘llab-quvvatlab chiqdi — uning aytishicha, Britaniyada samolyot Eron raketasi bilan urib tushirilganini tasdiqlovchi dalillar bor.

Avvalroq Newsweek, CBS News, CNN va boshqa bir qator nashrlar Pentagon va boshqa amerikalik rasmiylarga asoslanib, Eron Ukraina samolyotini “Tor” zenit-raketa majmuasidan uchirilgan bitta yoki ikkita raketa bilan urib tushirgani haqida xabar tarqatgan edi.

AQSh rasmiylari raketa zarbasi tasodifan berilganini ta’kidlamoqda. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar AQSh Eronga hujum qilib qolishi mumkin degan xavotir bilan uchirilgan bo‘lishi mumkin.

Tehron yaqinida Boeing 737 samolyotining qulashi oqibatida 176 kishi — 82 nafar eronlik, 63 nafar kanadalik, 11 nafar ukrain, 10 nafar shved, to‘rt nafar afg‘on, uch nafar nemis va uch nafar britaniyalik halok bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют