» » “Real” Beyl borasida uzil-kesil bir qarorga keldi

“Real” Beyl borasida uzil-kesil bir qarorga keldi


Madridning “Real” futbol klubi hujumchi Garet Beylni sotib yuborish fikridan qaytgani yo‘q, deya xabar qilmoqda The Telegraph.

Beyl qishki transfer oynasida jamoani tark etishi ehtimoli juda kam. Shuningdek, madridliklar rahbariyati uelslik futbolchiga yozda ham xaridor chiqishiga shubha bilan qaramoqda.

Beylning agenti Jonatan Barnett ham mijozining madridliklar safini tark etish ehtimoli juda kamligini ta’kidlagan.

30 yoshli futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasini 2022-yilga qadar mo‘ljallangan. 2019-yilning yozida Garet Xitoy klubiga o‘tishga yaqin kelgan, biroq yakunda transfer amalga oshmay qolgandi.

Beyl joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 12 o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va ikkita samarali uzatma muallifiga aylangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют