» » Garet Beyl yana jarohat oldi

Garet Beyl yana jarohat oldi


3-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha La Liga 17-turining kechiktirilgan o‘yinida “Real” “Vilyarreal” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. Uchrashuvda madridliklar futbolchisi Garet Beyl jarohatlandi va qisqa tanaffus vaqtida zaxiraga olindi.

Bu Beylning “Qirollik klubi” safidagi 22-jarohati hisoblanadi, deb xabar beradi Marca.

U 13 ta holatda sog‘lig‘idagi muammo tufayli maydonni erta tark etgan. Umuman olganda, futbolchi jarohatlar sabab Ispaniya chempionati bahslarida 84 ta uchrashuvni o‘tkazib yuborgan.

Tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi chap oyog‘ining tizzadan pastki qismidagi muskullarini jarohatlab olgan. Natijada uelslik hujumchi 10-15 kun maydonga tusholmaydi. U Ispaniya chempionatining 18-turida “Real Sosyedad” (6-yanvar), 19-tur bahsida “Betis”ga (13-yanvar) qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ushbu mavsumda Garet Beyl “Real” safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют