» » “Barselona” bilan 2 marta durang o‘ynagan “Selta”, Madridning “Real” klubini ham 2 ochkodan mosuvo qildi

“Barselona” bilan 2 marta durang o‘ynagan “Selta”, Madridning “Real” klubini ham 2 ochkodan mosuvo qildi


Ispaniya La Ligasining 18-turiga kelib mamlakatning amaldagi chempioni “Real” yana bir bor ochko yo‘qotdi.

Vigoda “Selta” mehmoni bo‘lgan “Qirollik klubi” 2:2 hisobidagi durang natijaga imzo chekdi. Shu kuni mezbonlar safida Yago Aspas penaltidan aniq foydalana olganida, “Real” Madridga mag‘lubiyat bilan qaytishi ham mumkin edi. Mazkur bellashuvda Garet Beyl dubl qayd etgani e’tiborga molik.

4-yanvar kuni mazkur stadionda Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya Kubogi doirasida maydonga tushib, “Selta” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi. Shu mavsumning o‘zida vigoliklar “Barselona” bilan ikki bor durang o‘ynadi. Tomonlarning La Liga doirasidagi “Kamp Nou”da kechgan o‘yinida 2:2 hisobi qayd etilgandi.

“Barselona”ning o‘zi mazkur turda yorqin g‘alabani qo‘lga kiritib, “Levante” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Liga to‘purari Messi 1 ta gol urib, Poulinyo tomonidan urilgan golga uzatmani amalga oshirib berdi.

Ispaniya La Ligasi

18-tur bellashuvlari

7-yanvar, yakshanba

Gol: Gabriel, 75 (1:0).

Gollar: Lionel Messi, 12 (1:0). Luis Suares, 38 (2:0). Paulinyo, 93+ (3:0).

Gollar: Enes Unal, 30 (1:0). Florin Andone, 84 (1:1).

Gollar: Xabyer Exeyta, 8 (1:0). Arits Aduris, 64-pen (2:0).

Gollar: Daniel Vass, 33 (1:0). Garet Beyl, 36 (1:1). Garet Beyl, 38 (1:2). Maksimiliano Gomes, 82 (2:2).

Noaniq penalti: Yago Aspas, 72 (S).

8-yanvar, dushanba

“Malaga” — “Espanyol” 01:00

Опубликовано: admin (8-01-2018, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют