» » Usmon Dembele safga qaytdi va “Barselona” kubokda “Selta”ni yenga olmadi. “Real”da esa yirik g‘alaba

Usmon Dembele safga qaytdi va “Barselona” kubokda “Selta”ni yenga olmadi. “Real”da esa yirik g‘alaba


Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining nimchorak finalidan joy olgan dastlabki o‘yinlar o‘z yakuniga yetdi. Javob bellashuvlari 9—11-yanvar kunlariga tayin qilingan.

Kubokning amaldagi egasi hisoblangan “Barselona” Vigoda “Selta” mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu kuni Valverde ta’tildan qaytib kelgan ikki yetakchi — Lionel Messi hamda Luis Suaresni maydonga tushirmadi. Usmon Dembele esa jarohatini tiklab, maydonga qaytdi.

O‘tgan mavsum “Barselona” Ispaniya Kubogining finaliga qadar yetib kelib, “Alaves” ustidan 3:1 hisobida zafar quchgandi.

Madridning “Real” klubi esa chorak final sari dadil qadam tashladi. Safarda quyi liga klubiga qarshi to‘p surgan Zidan jamoasi yirik g‘alabani tantana qildi. Isko va Beyl penaltidan gol urdi. Hakam, shuningdek, mezbon futbolchilardan birini maydondan chetlatdi.

Ispaniya Kubogi

1/8 final o‘yinlari

4-yanvar, payshanba

Gol: Nordin Amrabat, 49 (1:0).

Gollar: Xose Arnais, 15 (0:1). Pione Sisto, 31 (1:1).

Gollar: Xerar Moreno, 28 (1:0). Xose Morales, 38-pen (1:1). Ivan Lopes, 74 (1:2).

Gollar: Garet Beyl, 35-pen (0:1). Isko, 89-pen (0:2). Borxa Mayoral, 91+ (0:3).

Chetlatish: Unai Medina, 82 (N).

Опубликовано: admin (5-01-2018, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют