» » “Yuventus” Buffonga o‘rinbosar topdi

“Yuventus” Buffonga o‘rinbosar topdi


“Milan” klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyatini Turinning “Yuventus”ida davom ettirishi mumkin, deb yozmoqda Sport Mediaset.

Turin klubi 20 yoshli Donnarumma uchun 5 yillik shartnoma va yiliga 9 million yevrolik maosh tayyorlab qo‘ygan. Qayd etilishicha, ushbu maosh yildan yilga o‘sib borishi rejalashtirilgan. Futbolchi “Milan”da hozir yiliga 6 million yevro maosh oladi.

Ta’kidlash joiz, Jijining agenti Mino Rayola hisoblanadi. “Yuventus” Rayola bilan Matteys de Ligt transferidan so‘ng yaxshi aloqalarga ega bo‘lib turibdi.

Donnarummaning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil 30-iyunida yakuniga yetadi. Futbolchi joriy mavsum A Seriyada 17 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, mavsum so‘ngida Janluiji Buffon faoliyatini yakunlashi kutilmoqda. Ayni damdagi asosiy posbon Voytseh Shesni esa hozircha Turin klubining 100 foiz ishonchini oqlay olayotgani yo‘q.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют