» » Islomiy inqilobiy muhofizlari korpusi Ukraina samolyoti halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Islomiy inqilobiy muhofizlari korpusi Ukraina samolyoti halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi


Eronning yuqori jangovar tayyorgarlikka ega harbiy-siyosiy tuzilmasi hisoblangan Islomiy inqilob muhofizlari korpusi (IIMK) Tehron yaqinida qulagan Ukraina “Boing”i halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda IIMK harbiy havo kuchlari va harbiy kosmik kuchlari qo‘mondoni, brigada generali Amir-Ali Hojizoda ma’lum qildi.

“Bo‘lgan voqea uchun biz to‘liq javobgarmiz va, hukumat qanday qaror qabul qilishidan qat’i nazar, biz unga bo‘ysunamiz”, — dedi Hojizoda.

Hojizodaning ma’lum qilishicha, Eron havo hujumidan mudofaa tizimi yo‘lovchi samolyotini qanotli raketa deb qabul qilgan.

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Tehron yaqinida qulagan samolyoti Eronning havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi bilan urib tushirilganini 11-yanvar kuni tan olgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют