» » Stokgolmdagi piyodalarni urib ketgan yuk mashinasi o‘g‘irlangan bo‘lgan

Stokgolmdagi piyodalarni urib ketgan yuk mashinasi o‘g‘irlangan bo‘lgan


Stokgolm markazidagi piyodalarni bosib ketgan yuk mashinasi o‘g‘irlangan bo‘lgan. Bu haqda yuk mashinasining egasi hisoblangan Spendrups kompaniyasi vakili TT agentligiga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasi 7-aprel kuni mahsulot yetkazib berish bilan band bo‘lgan. Caliente restorani oldida haydovchi yukni tushirish uchun mashinadan chiqqanida, unga noma’lum shaxs o‘tirib, olib qochgan.

Hodisa guvohlarining Aftonbladet’ga ma’lum qilishlaricha, politsiya hodisa joyidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda bir erkakni qo‘lga olgan, biroq bunda gumonlanuvchi haqida gap bormoqdami-yo‘q, noma’lum.

7-aprel kuni Shvetsiya poytaxtidagi Drotninggatan piyodalar ko‘chasida yuk mashinasi piyodalar ustiga bosib bordi, shundan so‘ng ?hlens univermagiga borib urildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Shvetsiya bosh vaziri Stefan Leven Stokgolm markazida yuz bergan hodisani terakt deb atadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют