» » Ukraina Boeing halokati qurbonlari oilalariga to‘lanadigan tovon puli miqdorini e’lon qildi

Ukraina Boeing halokati qurbonlari oilalariga to‘lanadigan tovon puli miqdorini e’lon qildi


Ukraina hukumati Erondagi Boeing halokati qurbonlari oilalariga 200 ming grivna (8,3 ming dollar) to‘lanishini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi saytida xabar berildi.

Ukraina bosh vaziri Aleksey Goncharukning ma’lum qilishicha, “Ukraina xalqaro avialiniyalari” aviakompaniyasi jamoa shartnomasiga muvofiq ekipaj a’zolarining oilalariga to‘lovlarni amalga oshiradi.

Kiyev Monreal konvensiyasiga muvofiq sug‘urta to‘lovlarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat qiladi va Erondan tovon to‘lashni talab qiladi.

“Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Kiyevga uchayotgan Boeing 737 samolyoti 8-yanvar kuni Tehron aerportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan edi. Hodisa oqibatida 176 kishi halok bo‘lgan. Eron Ukraina samolyotini xatolik sabab urib tushirganini tan oldi. Uni dushman nishoni deb o‘ylashgan.

12-yanvar kuni Islomiy inqilobiy muhofizlari korpusi Ukraina samolyoti halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Eron urib tushirilgan Boeing qora qutilarini Fransiyaga topshirilishini ma’lum qildi.

Eronda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar aviahalokat aybdorlarini jazolashni talab qilmoqda. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo adolat qaror topmaguncha tinchimasligini aytdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Eron havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi bilan urib tushirilishida aybdor bo‘lganlarning bari javobgarlikka tortilishiga va’da berdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют