» » Jizzax avtomobil zavodi 2020-yil investitsiya dasturiga kiritilmadi

Jizzax avtomobil zavodi 2020-yil investitsiya dasturiga kiritilmadi


Jizzax avtomobil zavodi 2020-yil investitsiya dasturiga kiritilmadi. Gap Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive o‘zbek—fransuz avtomobil zavodi haqida ketmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 133 million yevro baholangandi. Avtomobillarning ishlab chiqarish hajmi yiliga 16 ming dona, mahalliylashtirish darajasi esa kamida 50 foiz bo‘lishi ko‘zda tutilgandi.

Bu yerda Peugeot Expert va Peugeot Boxer minivenlari ishlab chiqarilishi kutilgan.

Zavod qurilishi 2017-yil iyulida boshlangan, ilk mahsulot 2018-yil dekabrida chiqishi lozim edi. Biroq o‘sha oyda ayrim ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlar tufayli loyihani qayta ko‘rib chiqishga qaror qilindi.

2018-yil oxirida kelgusi yil investitsiya dasturi tasdiqlangan va undan istiqbolli loyihalar ro‘yxatiga kiritilgandi. Biroq kuni kecha tasdiqlangan 2020—2022-yillar investitsiya dasturidan mazkur loyiha o‘rin olmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют