» » Xayrullo Bozorov Namangan viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Xayrullo Bozorov Namangan viloyati hokimi etib tasdiqlandi


Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining yangi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Sessiya kun tartibidan viloyat saylov komissiyasi raisining axboroti, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, viloyat kengashiga saylangan deputatlar partiya guruhlarini ro‘yxatga olish, kengash doimiy komissiyalarini tuzish, Prezident tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash, xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar kengashi deputatlari qo‘shma majlisi maslahat kengashi a’zoligiga nomzodni tavsiya etish kabi masalalar o‘rin oldi.

VI chaqiriq xalq deputatlari Namangan viloyat kengashiga o‘tkazilgan saylov natijalari haqida viloyat saylov komissiyasi raisi Shokirjon Mirzaahmedov axborot berdi.

Viloyat kengashidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan 20 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 5 nafar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan 7 nafar, Xalq demokratik partiyasidan saylangan 19 nafar va O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 9 nafar deputatlardan iborat partiya guruhlari tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari, qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari, jtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari, sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalari va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari, agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha hamda reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha komissiyalari tuzish taklifi hamda komissiyalarning raislari nomzodlari deputatlar tomonidan ma’qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan siyosiy partiyalar guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

Mazkur masala bo‘yicha davlat rahbari vakili, Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga 6-Serob saylov okrugidan saylangan deputat Xayrullo Bozorov nomzodini Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilganligini ma’lum qildi va uni o‘qib eshittirdi.

Ushbu masala bo‘yicha siyosiy partiyalar guruhlari nomidan deputatlarning fikr-mulohazalari bildirildi.

Sessiyada davlat rahbari tomonidan viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etilgan Xayrullo Bozorov nomzodi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

U bir ovozdan Namangan viloyati hokimi etib tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют