» » Farg‘onada fermerlarning paxta hosili pullarini bermayotgani holati yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Farg‘onada fermerlarning paxta hosili pullarini bermayotgani holati yuzasidan rasmiy bayonot berildi


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida fermerlar tomonidan paxta hosili pullari berilmayotganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Real Trans Logistik” unitar korxonasi paxta-to‘qimachilik klasteri o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha Uchko‘prik tumani fermer xo‘jaliklari tomonidan topshirilgan paxta xomashyosi uchun jami 47 milliard 984 million so‘m to‘lanishi belgilangan.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, korxona tomonidan fermer xo‘jaliklariga jami 18 milliard 504 million so‘m to‘lab berilgan.

9-yanvarda 1 milliard 400 million so‘m qarzdorlik ATB “Agrobank” Uchko‘prik tuman filiali hisob-raqamiga undirilishi ta’minlangan bo‘lib, hozirda 28 milliard 80 million so‘m qarzdorlik mavjud.

Xabarda ta’kidlanishicha, Klaster korxonasining paxtani qayta ishlashdan olingan tola, ishlab chiqarilgan mahsulot hisobidan qarzdorlikni bartaraf etish imkoniyati mavjud bo‘lib, tez orada to‘lab berish yuzasidan korxona tomonidan kafolat xati berilgan.

Mavzuga doir: Jizzaxda bir guruh ayollar paxta terimi uchun pulini ololmayotganidan shikoyat qildi. Mehnat vazirligi holatni o‘rgandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют