» » Onlayn auksionda 2 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Onlayn auksionda 2 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi


Tovar xomashyo birjasi keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, onlayn auksion orqali 2020-yilning 6—12-yanvar kunlari 504 ta avtomobil raqamlari sotildi.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2 milliard so‘mni tashkil qilgan. Savdolar natijasida bitimlarning 20,6 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49,6 foizi ikkinchi va 29,8 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Onlayn auksion orqali 715,5 milliard so‘mlik bitimlar tuzilgan, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 53,4 foizga ko‘p.

Shuningdek, birja savdolarining hajmi 426,2 milliard so‘mdan 671,5 milliard so‘mga oshgan. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 2,0 million dollarni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2020, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют