» » Italiya Kubogi. “Yuventus” yirik hisobda g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi

Italiya Kubogi. “Yuventus” yirik hisobda g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi


Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining 1/8 finali doirasida 15-yanvar, chorshanba kuni Mauritsio Sarri boshqaruvidagi Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Udineze”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida “keksa sinyora” vakillari Gonsalo Iguain (16), Paulo Dibala (26—penalti, 57) hamda Duglas Kosta (61—penalti) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa turinliklar “Udineze” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib yirik hisobda g‘alaba qozondi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi (4:0).

Ma’lumot uchun, “Yuventus” chorak finalda “Parma”—“Roma” juftligi g‘olibi bilan bahsga kirishadi.

Italiya Kubogi

1/8 final bahsi

15-yanvar, chorshanba

Gollar: 1:0 — 16 Iguain, 2:0 — 26, penalti Dibala, 3:0 — 57 Dibala, 4:0 — 61, penalti Duglas Kosta

“Yuventus”: Buffon, Danilo, de Ligt, Aleks Sandro, Rugani, Bentankur, Rabio (Remzi, 71), Duglas Kosta (Kuadrado, 63), Bernardeski, Iguain, Dibala (Pyatsa, 75)

“Udineze”: Nikolas, Nyuytink, Opoku, De Mayo, ter Avest, Yayalo, Uolas (Fofana, 76), Sema (Larsen, 62), Barak, Teodorchik (Lazanya, 46), Nestorovski

Ogohlantirish: Nyuytink (60)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют