» » Qirol kubogi–2017. Hasanboy Do‘stmatov va Shahram G‘iyosov Tailanddagi boks turniri finalida jang qilmaydi

Qirol kubogi–2017. Hasanboy Do‘stmatov va Shahram G‘iyosov Tailanddagi boks turniri finalida jang qilmaydi


O‘zbekistonlik 4 nafar bokschi Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha davom etayotgan Qirol kubogi—2017 xalqaro turnirining final yo‘llanmasiga ega chiqqani haqida xabar berilgan edi.

“Sports.uz” nashrining yozishicha, -49 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘stmatov va -69 kilogramm vazndagi Shahram G‘iyosov final bellashuvlariga chiqmaydi.

“O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu turnir 30-aprel – 7-may kunlari Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqichi bo‘lgani uchun jamoamizning eng tajribali bokschilari – Hasanboy Do‘smatov va Shahram G‘iyosovni final jangiga chiqarmaslikka qaror qildi. Murabbiylar WSB turnirida Uzbek Tigers jamoasi janglarida ham ishtirok etayotgan bokschilarni kutilmagan jarohat orttirib olishdan saqlashni ko‘zlamoqda”, – deyiladi “Sports.uz” xabarida.

Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan qolgan ikki bokschi – Elnur Abduraimov va Isroil Madrimov hal qiluvchi bellashuvlarni o‘tkazadi.

64 kilogrammgacha vazn toifasida ringga chiqayotgan Elnur Abduraimov mezbonlar vakili Vuttichai Masukka qarshi jang qiladi. Tailandlik bokschi Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida qatnashadi va o‘zbekistonlik murabbiylar bu bokschining imkoniyatlarini o‘rganishni Elnur uchun vazifa qilib qo‘ydi.

Shuningdek, Toshkentda bo‘ladigan Osiyo chempionati Germaniyada tashkil etiladigan jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘taydi. Tailanddagi turnir finalida Isroil Madrimovga qarshi jang qiladigan kubalik Osley Iglesias Estrada o‘z vazn toifasida jahon chempionligiga da’vogar bokschilardan sanaladi.

Qayd etish joiz, Elnur Abduraimov va Isroil Madrimov ham Uzbek Tigers jamoasi a’zolari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Tailanddagi Qirol Kubogi–2017 musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya Jasurbek Latipov (-52 kg), Shahobiddin Zoirov (-56 kg) va Murodjon Ahmadaliyev (-60 kg) yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatib, bronza medali bilan cheklandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют