» » Mixail Mishustin Rossiya bosh vaziri etib tayinlandi. Dmitriy Medvedev esa Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini egalladi

Mixail Mishustin Rossiya bosh vaziri etib tayinlandi. Dmitriy Medvedev esa Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini egalladi


Rossiya prezidenti farmoni bilan Mixail Mishustin bosh vazir lavozimini egalladi. Bu haqda Kremlga tayanib, Meduza xabar bermoqda.

Shuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini ta’sis etilib, unga Dmitriy Medvedev tayinlandi.

Farmonlar ular imzolanishi bilan kuchga kirdi.

Dmitriy Medvedev 15-yanvarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda hukumat rahbari lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Putin Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini joriy etib, ushbu lavozimni egallashni Medvedevga taklif etishini aytgandi. Putinning o‘zi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi hisoblanadi.

Mavzuga doir:

Medvedevning iste’fosidan so‘ng Putin Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustinni bosh vazirlik lavozimiga ilgari surgandi. 16-yanvar kuni Davlat dumasi Mishustin nomzodini ma’qulladi. Mishustin tez kunlarda hukumatning yangi tarkibini tanishtirishga va’da berdi. Qonun bo‘yicha yangi bosh vazirda hukumatni shakllantirish uchun bir hafta muddat bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют