» » O‘zLiDeP O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi

O‘zLiDeP O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi


Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 18-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palastasiga saylovlar yakunlari va istiqboldagi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan Siyosiy Kengash yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan, O‘zbekiston bosh vaziri nomzodini ko‘rsatish masalasi Siyosiy Kengash a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Konstitutsiyaga binoan, O‘zbekiston bosh vaziri nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

2019-yilgi parlament saylovi yakunlariga ko‘ra, O‘zLiDeP Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko‘p — 53 ta deputatlik o‘rnini qo‘lga kiritgan va Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq bosh vazir nomzodini ilgari surish huquqiga ega bo‘lgandi.

Bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ilgari surildi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют