» » Amerika senatorlari Suriya masalasi bo‘yicha tribunal tashkil etish taklifini berdi

Amerika senatorlari Suriya masalasi bo‘yicha tribunal tashkil etish taklifini berdi


Amerikaning bir guruh senatorlari AQSh Kongressiga Suriya hukumati tomonidan sodir etilgani taxmin qilinayotgan harbiy jinoyatlarni xalqaro tergovi masalasi bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi. Unda “gibrid” tribunal tashkil qilish taklifi bildirilgan, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

“‘Gibrid tribunal’ — harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda taxmin qilinayotgan shaxslarni, insoniyatga qarshi jinoyat va genotsid uyushtirganlarni ta’qib etish maqsadida yuristlar, sudyalar va boshqa mutaxassislarni vaqtincha birlashtiruvchi tribunal deganidir”, — deyiladi hujjat matnida.

Shuningdek, hujjatda urush davomida sodir etilgan harbiy jinotlar uchun asosiy javobgarlik Suriya rahbariyati zimmasiga yuklanishi lozimligi ta’kidlangan.

Ushbu qonun loyihasi AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Marko Rubio, senatorlar Ben Kardin, Joan Shain, Bob Korker, Bob Menendez hamda Todd Yang tomonidan tayyorlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют