» » Kurdlar Suriyada Rossiya bilan harbiy baza qurishini e’lon qildi. Rossiya bu xabarni rad etdi

Kurdlar Suriyada Rossiya bilan harbiy baza qurishini e’lon qildi. Rossiya bu xabarni rad etdi


Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Suriya hududida Rossiyaning yangi harbiy bazalarini tashkil etish bo‘yicha hech qanday reja yo‘q. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“O‘t ochishni to‘xtatish tartibi buzilishining oldini olish maqsadida Nizolashayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazining bo‘linmalaridan biri Aleppo viloyatining Afrin aholi punkti yaqiniga, kurd ko‘ngillari va Turkiya tomoniga bo‘ysunuvchi ‘Suriya ozodlik armiyasi’ tuzilmalari kesishgan hududga joylashtirilgan”, — deya aniqlik kiritdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Avvalroq kurdlarning Suriyada harakat qilayotgan O‘z-o‘zini mudofaa qilish xalq bo‘linmalari (YPG) vakili Rossiya Suriyaning shimoli-g‘arbida yangi harbiy baza qurishini ma’lum qilgan edi.

Uning Reuters’ga ma’lum qilishicha, bu haqdagi “kelishuv yakshanba kuni Moskvada, terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik doirasida imzolangan va u YPG jangchilari malakasini oshirishni nazarda tutadi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (20-03-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют