» » Suriyada rossiyalik to‘rt harbiy maslahatchi halok bo‘ldi

Suriyada rossiyalik to‘rt harbiy maslahatchi halok bo‘ldi


Suriyada to‘rt nafar rossiyalik harbiy maslahatchi portlovchi moslama o‘rnatilgan avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda, Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib, Meduza xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, hodisa natijasida yana ikki nafar rossiyalik harbiy xizmatchi tan jarohati olgan.

Rossiyalik harbiylar joylashgan avtomobil 16-fevral kuni Suriya hukumat kuchlari avtokolonnasi bilan birga ketayotgan vaqtida portlagan. Kolonna Tiyas aerodromidan Xoms shahri tomon harakatlanayotgan bo‘lgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi 20-fevralga qadar Suriyada jami 30 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lganini rasman tan olgan edi.

Ma’lumot uchun, Rossiya 2015-yil sentabridan beri Suriyada harbiy-havo kuchlari ishtirokida maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiyalik bevosita operatsiyada qatnashayotgan harbiy xizmatchilardan tashqari, Suriyada rossiyalik harbiy maslahatchilar va yo‘riqchilar ham bo‘lib turibdi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют