» » Turkiya: Aviazarba oqibatida halok bo‘lgan turk harbiylarining koordinatalari Rossiya ixtiyorida bo‘lgan

Turkiya: Aviazarba oqibatida halok bo‘lgan turk harbiylarining koordinatalari Rossiya ixtiyorida bo‘lgan


Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining ma’lum qilishicha, 9-fevral kuni Suriyada rus aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan turkiyalik harbiylarning joylashuvi koordinatalari haqidagi ma’lumot Rossiya ixtiyorida bo‘lgan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Bosh shtab bayonotiga ko‘ra, halok bo‘lgan harbiylar 10 kundan beri bir bino ichida bo‘lgan; ikki mamlakat harbiylari keyingi bir oy ichida ko‘ngilsiz hodisalar oldini olish maqsadida koordinatalarni almashgan edi.

9-fevral kuni tongda Suriyaning Al-Bob shahri yaqinida Rossiya aviatsiyasi tomonidan berilgan aviazarba oqibatida turkiyalik uch harbiy halok bo‘ldi, 11 nafari tan jarohati oldi.

Rossiya tomoni aviazarbani berishda Turkiyadan olgan koordinatalariga asoslanganini ma’lum qilgan; Rossiya Mudofaa vazirligidagi manbalarning “Kommersant”ga ma’lum qilishicha, bombalar ikki mamlakat tomonidan avvaldan kelishilgan nuqtaga tashlangan, bu kvadratda turkiyalik harbiylar bo‘lmasligi lozim edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yuz bergan hodisa munosabati bilan Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirgan.

Al-Bob shahri ayni vaqtda IShID nazorati ostida qolmoqda. Shahardan janubdagi hududlarni Rossiya ko‘magidagi Suriya hukumat kuchlari, shimolidagi yerlarni esa suriyalik isyonchilar va Turkiya egallagan. Yanvar oyida Rossiya Suriya hududida ilk bor Turkiya bilan hamkorlikda qo‘shma operatsiya o‘tkazishini e’lon qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют