» » Afg‘onistonda 2016-yili 11,5 mingdan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘lgani va jarohatlangani qayd etildi

Afg‘onistonda 2016-yili 11,5 mingdan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘lgani va jarohatlangani qayd etildi


Afg‘onistondagi mojaro oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlanganlar soni 2016-yilda 11,5 mingdan oshiq kishini tashkil etdi. Bu BMT shunday statistikani yuritayotgan 2009-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi, deya xabar beradi “TASS”.

BMTning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasiga ko‘ra, o‘tgan yili 3498 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 7920 kishi yaralandi. Qurbonlar soni 2015-yilga nisbatan 2 foizga kamaydi, jarohatlanganlar soni esa 6 foizga oshdi. 

Mojaro tufayli jabrlangan afg‘on bolalari soni 2016-yilda 24 foizga ko‘paydi va 3,5 ming kishini tashkil etdi. Ularning yarmi jangarilar va hukumat kuchlari o‘rtasidagi jangovar harakatlar, qolgan yarmi esa bombalar va boshqa o‘q-dorilar portlashi qurboni bo‘ldi. 

Afg‘onistonda o‘tgan yili IShID faoliyati tufayli halok bo‘lgan va yaralangan tinch aholi soni 2015-yilga nisbatan 10 barobar ko‘paydi. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют