» » Afg‘onistonda qor ko‘chkisi qurbonlari soni 100 kishidan oshdi

Afg‘onistonda qor ko‘chkisi qurbonlari soni 100 kishidan oshdi


Afg‘onistonning turli viloyatlarida qor ko‘chishi oqibatida qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 100 kishidan oshdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Qishloqlardan birida yana 50 kishining jasadi topilgach, halok bo‘lganlar soni keskin oshib ketdi.

“Qor ko‘chishi oqibatida Bargmatal tumanidagi ikkita qishloq to‘liq qor ostida qoldi. Ulardan birida 50 kishining jasadi aniqlandi. Qutqaruvchilar ikkinchi qishloqqa ham yetib borishga urinmoqda”, — dedi respublika hukumatining rasmiy vakili Muhammad Umar Muhammadiy.

Hukumat qurbonlar soni yanada ortishi mumkinligini ma’lum qildi. Tabiiy ofat natijasida 168 ta uy vayron bo‘ldi, yuzlab bosh yirik shoxli qoramol nobud bo‘ldi.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 09:32)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют