» » Fergyuson rasmiylari politsiya qo‘lidan halok bo‘lgan Jeyson Murning yaqinlariga 3 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi

Fergyuson rasmiylari politsiya qo‘lidan halok bo‘lgan Jeyson Murning yaqinlariga 3 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi


AQShning Fergyuson shahri (Missuri shtati) rasmiylari politsiya tomonidan haddan ortiq kuch ishlatilishi tufayli halok bo‘lgan qora tanlining yaqinlariga tovon tariqasida 3 million dollar to‘laydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Gap 2011-yilda hozirda sobiq politsiyachi hisoblangan Brayan Kaminski qo‘lidan halok bo‘lgan 31 yoshli Jeyson Mur haqida ketmoqda.

Hodisa politsiya xodimlari yalang‘och holatda Fergyuson ko‘chalarida chopib yurgan ruhiy xasta Murni tinchlantirishga harakat qilganida ro‘y bergan.

Qo‘lga olish chog‘ida Kaminski unga qarshi bir necha bor elektrshoker qo‘lladi, buning oqibatida u olamdan o‘tdi.

Politsiyachi keyinchalik kuch ishlatishni vaziyat taqozo etganini da’vo qildi, biroq Murda hech qanday qurol bo‘lmagan edi.

Fergyuson rasmiylari avvaliga sud qaroriga qarshi chiqdi, biroq keyinchalik apellyatsiyani qaytarib oldi va tovon to‘lashga rozi bo‘ldi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (4-02-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют