» » Turkiya va Rossiya Suriyadagi hodisalar takrorlanishining oldini oluvchi komissiya tashkil qiladi

Turkiya va Rossiya Suriyadagi hodisalar takrorlanishining oldini oluvchi komissiya tashkil qiladi


Turkiya va Rossiya Suriyada turk askarlari halokati bilan bog‘liq hodisadan so‘ng komissiya tashkil qiladi. Bundan kelajakda bu kabi hodisalarning oldini olish maqsadi ko‘zlangan. Bu haqda Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Yuz bergan hodisadan so‘ng komissiya tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan maqsad — kelajakda bu kabi hodisalarning oldini olish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi harakatlar muvofiqligini kuchaytirishdir”, — deydi nashr suhbatdoshi.

“Bu hodisa shubhasiz har ikkala mamlakatni og‘ir vaziyatga soldi. Biroq Turkiya Qurolli kuchlari avval boshdan oqilona pozitsiyani egalladi. Rossiya tomoni bilan prezident va bosh vazir darajasidagi zarur muzokaralar o‘tkazildi. Turkiya tomoni hodisa yuz bergan paytdan boshlab Rossiya Federatsiyasi egallagan pozitsiyani qoniqish bilan qarshi oldi”, — deydi Turkiya Qurolli kuchlari vakili.

Bosh shtab vakili, shuningdek, oxirgi paytlarda Turkiya va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlarda, jumladan, siyosiy, iqtisodiy va harbiy sohada ham ijobiy voqealar yuz berganligini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Rossiya samolyoti turk harbiylariga qarata o‘t ochdi. Uch kishi halok bo‘ldi

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют