» » Bashar Asad qurolli muxolifat bilan muzokaralarga tayyorligini bildirdi

Bashar Asad qurolli muxolifat bilan muzokaralarga tayyorligini bildirdi


Suriya prezidenti Bashar Asad muxolifat, xususan, qurolli muxolifat vakillari bilan muzokaralar olib borishga tayyor. Bu haqda, “Kommersant”ning yozishicha, Asad bilan uchrashgan rossiyalik deputatlar ma’lum qildi.

Rossiya Davlat dumasi deputati Dmitriy Sablinning so‘zlariga ko‘ra, “Asad G‘arbdagi odamlar bilan emas, aynan qurolli muxolifat vakillari bilan muzokaralar olib borishga tayyor”.

“Hozir, bir oy davomida Ostonadagi muzokaralarning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, shundan so‘ng bu muzokaralar Suriya hududiga ko‘chishi umidi bor”, — deya qo‘shimcha qildi boshqa bir deputat Sergey Gavrilov.

Eslatib o‘tamiz, Bashar Asad tuzumi va Suriya qurolli muxolifati vakillari o‘rtasidagi muzokaralar 23-dekabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют