» » Pentagon AQSh harbiy budjetini 30 mlrd dollarga ko‘paytirish rejasini taqdim etdi

Pentagon AQSh harbiy budjetini 30 mlrd dollarga ko‘paytirish rejasini taqdim etdi


AQSh qurolli kuchlarining yuqori martabali vakillari Kongressga o‘z tizimlari moliyalashtirilishini 30 milliard dollarga ko‘paytirish taklifini taqdim etdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. 

Hujjatga ko‘ra, AQSh dengiz piyodalari korpusi qo‘shimcha 4,2 milliard, harbiy-dengiz kuchlari 12 milliard, quruqlikdagi qo‘shinlar 8,2 milliard, harbiy-havo kuchlari 6,2 milliard dollar so‘ramoqda. 

Mazkur takliflar AQShning yangi ma’muriyati yaqin orada qonun chiqaruvchilar ko‘rib chiqishi uchun yuboradigan 2017-moliyaviy yil uchun mudofaa budjeti loyihasini tuzishda foydalanilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat yadro triadasini modernizatsiya qilish va armiyani “yangi samolyotlar, kemalar, resurslar va qurilmalar” bilan qurollantirishni va’da qilgandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют