» » Savitskiy muzeyi eksponatlari Nukusdan Moskvaga charter reys bilan yetkaziladi

Savitskiy muzeyi eksponatlari Nukusdan Moskvaga charter reys bilan yetkaziladi


Moskvaning Pushkin nomidagi tasviriy san’at muzeyi delegatsiyasi, muassasa rahbari Marina Loshak rahbarligida, 3—6-fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, Nukusdagi Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — Moskvada bo‘ladigan ko‘rgazmaning tashkiliy masalalarini muvofiqlashtirish va eksponatlarni tanlashdan iborat edi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston tomoni Savitskiy muzeyi eksponatlarini Rossiyaga maxsus charter aviareys bilan Nukusdan Moskvaga yuborish va qaytarishni o‘z zimmasiga oldi.

Pushkin nomidagi muzey ko‘rgazmani keng yoritish uchun Rossiya va chet el OAVlarini jalb etishga ko‘maklashish, o‘zbekistonlik restavratorlar malakasini oshirish va tajriba almashishni tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют