» » Qirg‘iziston madaniyat va san’at vakillaridan iborat delegatsiya Toshkentda bo‘ldi

Qirg‘iziston madaniyat va san’at vakillaridan iborat delegatsiya Toshkentda bo‘ldi


O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov Toshkentga tashrif buyurgan Qirg‘iziston madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi mas’ul xodimi Jipara Qurbanova, O‘sh shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i To‘pchubay Do‘sbayev, Bobur nomidagi O‘sh davlat o‘zbek musiqali akademik drama teatri direktori Nabijon Mamajonov, teatr bosh rejissori Zokir Shokirov va “O‘sh-TV”ning moliyaviy direktori Dilmurod Ishanov qatnashgan.

Xabar berishlaricha, ayni vaqtda ikki mamlakat madaniyat va san’at vakillari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maqsadli ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, tarixiy mavzuda spektakl yaratish bo‘yicha ijodiy maslahatlar, sahna jihozlari, sahna liboslari, chizmalar, loyihalar ishlab chiqilgan.

Mehmonlar Toshkent teatrlariga sayohat uyushtirib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgan. Qirg‘iziston delegatsiyasi tashrif doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov bilan ham uchrashgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют