» » Rossiya samolyoti turk harbiylariga qarata o‘t ochdi. Uch kishi halok bo‘ldi

Rossiya samolyoti turk harbiylariga qarata o‘t ochdi. Uch kishi halok bo‘ldi


Rossiya harbiy havo kuchlari Suriya hududida bo‘lib turgan turk harbiylariga qarata raketa zarbalari berdi. Bu haqda Turkiya Bosh shtabi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Bombardimon oqibatida turkiyalik uch harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 11 nafari tan jarohati olgan.

Hurriyet Daily’ning Bosh shtab bayonotiga asoslanib xabar berishicha, raketa zarbasi Suriyaning Al-Bob shahri yaqinida joylashgan binoga berilgan, bino ichida turk harbiylari bo‘lgan.

Bosh shtab axborotiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon suhbati vaqtida hodisa oqibtida turk harbiylari halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Putin Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirgani haqidagi axborotni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqladi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin prezident huzuridagi yig‘ilish ishtirokchilariga “bugun (9-fevral) kuni erta tongda koordinatalar kelishib olinmagani oqibatida Al-Bobni ozod qilish bo‘yicha qo‘shma operatsiya vaqtida Rossiya harbiy havo kuchlari tomonidan terrorchilarga berilgan zarbalar natijasida turkiyalik harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani”ni ma’lum qilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют