» » Vladimir Putin: Rossiyaning kelajagi yorqin bo‘lishi muqarrar

Vladimir Putin: Rossiyaning kelajagi yorqin bo‘lishi muqarrar


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani ajoyib kelajak kutayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

“Mamlakatimizning poydevor asoslari shunchalik chuqur va mustahkam ildizlarga egaki, uning kelajagi yorqin va ajoyib bo‘lishi muqarrardir”, — dedi Rossiya prezidenti.

Bu haqda u ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yosh olimlarga mukofot topshirish davomida ma’lum qildi. Putinning ta’kidlashicha, yosh olimlar Rossiya ilm-fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shmoqda.

Putin bugun dunyo oldida texnologik taraqqiyot, iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha jiddiy sinovlar turganigini qo‘shimcha qildi.

“Bu masalalar murakkabligi va xarakteri shunday ko‘lamdaki, ularni faqat kuchli ilm va zamonaviy texnologiya yordamida yechish mumkin”, — deb ta’kidladi Vladimir Putin.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют