» » Liviyadagi vaziyat tufayli neft narxi ko‘tarilib, so‘ng pastladi 

Liviyadagi vaziyat tufayli neft narxi ko‘tarilib, so‘ng pastladi 


20-yanvar, dushanba kuni Liviyadan xomashyo yetkazib berish darajasi pasayishi fonida Brent neftining narxi ko‘tarilib ketdi, deb yozadi Bloomberg.

Xususan, Brent nefti narxining bir barreli 65,91 dollarga ko‘tarilgan.

17-yanvar, juma kuni ushbu markali neft bahosi 64,85 dollar edi.

WTI nefti ham bir foiz atrofida qimmatlashib, 58,58 dollarni tashkil qilgan. Uning avvalgi savdodagi bahosi 59,52 dollar edi.

Biroq biroz muddat o‘tib neftning birjadagi bahosi pasaya boshlagan.

Toshkent vaqti bilan soat 15:15 da Brent narxi 65,06 dollar, WTI narxi esa 58, 73 dollarni tashkil qilgan.

Xomashyo narxining oshishi Liviyadagi vaziyat bilan bog‘liq.

Liviya milliy neft korporatsiyasi neft terminallari blokadasi tufayli 16 martaga pasayib ketishi mumkinligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют